Ro'yxatdan o'tish Kirish
Saytdan chiqish
Реклама
Rasmlar Barca.uz
Maskerano «Barselona»dan ketmoqda. U nega bunday qarorga keldi?
27-01-2018, 09:01
Qo'shdi: : Real
Ko'rildi: : 73
Fikirlar: 0
Maskerano «Barselona»dan ketmoqda. U nega bunday qarorga keldi?

— Xaver Maskerano La-ligada 2015/2016-yilgi mavsumda 2694 daqiqa, 2016/2017-yilgi mavsumda 1916 daqiqadan biroz ko‘proq vaqt o‘ynadi. O‘tgan yilning may oyidayoq «Barselona»dagi faoliyatini yakunlash haqida o‘ylay boshladi. U jamoaning yangi futbolchisi Samuel Umtiti bilan raqobatlasha olmayotgan edi.

— Maskeranoning shartnomasi muddati 2019 yilning oxirigacha bo‘lib, unga ko‘ra yiliga 5,5 million evro maosh olardi. Kompensatsiya miqdori esa 100 million evroni tashkil etardi. Klub bu sharoitlarni 33 yoshli futbolchi uchun ideal deb hisobladi.

— Noyabr oyining oxirida Maskerano rahbariyat bilan uchrashib, qishki transfer mavsumida qo‘yib yuborishlarini iltimos qildi. «Barselona»dagilar futbolchining iltimosini rad etib, uning tajribasi jamoa uchun muhim ekanini eslatishdi. Maskerano mavsum davomida atigi 12 o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsa-da, aslida jamoaning to‘rtinchi raqamli markaziy himoyachisi hisoblanadi.

— Jarayonni tezlashtirish uchun Maskerano oshkora tarzda «Barselona» faoliyatini davom ettirish uchun yomon variant ekanligini e’lon qildi. «Men yaqinda klubdan ketishim haqida aytdim. Hech kimni ayblamayman. Etakchilik rolini yo‘qotdim. Doimiy o‘yin amaliyotining etishmasligi natijasida so‘nggi oylarda jarohat oldim. Oldin hech qachon bunday voqea sodir bo‘lmagan edi», — degan u.

— Aynan o‘sha kunlarda Maskeranoning klubdagi asosiy raqobatchisi jarohat oldi. Umtiti mushaklari shikastlangani sababli bir oydan ortiq vaqtini tiklanish bilan o‘tkazdi. «Barselona» klubi vakili Gilermo Amora Maskeranoga hurmatini saqlagan holda, birgina futbolchi deb klub o‘z manfaatidan voz kechmasligini bildirdi.

— «Barselona» Maskeranoga fevralgacha kutishni taklif qildi. O‘sha paytda futbolchining agenti argentinalik murabbiy Paulo Souza boshqarayotgan Xitoyning «Tyantszin Tsyuantszyan» klubi bilan muzokara olib borardi. Maskerano Osiyo futboliga moslashish va 2018 yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt kerak bo‘lishini aytib, jamoani iloji boricha tezroq tark etishni xohladi.

— 23 yanvarga kelib Umtiti deyarli tiklandi va «Barselona» Maskerano uchun xayrlashuv bazmini tashkil qildi. Maskerano o‘sha paytda Xitoydagi yo‘nalishini o‘zgartirdi. Endi u Manuel Pellegrini ishlaydigan «Xebey Chayna Forchun»ga o‘tishga tayyorgarlik ko‘rardi.

— Endi «Barselona» Maskeranoni shoshiltira boshladi. «AS»ning xabariga ko‘ra, klub futbolchidan imkon qadar tezlik bilan barcha tashkiliy ishlarni tamomlab, 28 yanvarga qadar Filipe Koutinoga 14-raqamni bo‘shatib berishni so‘radi.

— 24 yanvar kuni Xitoyning «Xebey Chayna Forchun» klubi rasmiy sayti Xaver Maskeranoni sotib olganini e’lon qildi. Ma’lumotlarga qaraganda, 2 yilga mo‘ljallangan transfer qiymati 5,5 million evroga teng. Bu vaqtda futbolchi 19 million evro maosh oladi.

— Kecha Ispaniya kubogi doirasida «Espanol»ga qarshi bahsdan oldin Maskerano «Kamp Nou» stadionida jamoa va muxlislar bilan xayrlashdi. U «Barselona» safida 334 ta o‘yinda maydonga tushdi, 18 ta sovrinni qo‘lga kiritgan himoyachi klub uchun bitta gol urgan.

Manba: Std.uzскачать dle 10.5фильмы бесплатно
Reyting:
  
Siz mehmon bo'lib kiriding iltimos Ro'yhatan o'ting va kirikrlaringizni qoldiring Ro'yhatdan o'tish Saytga kirish.
Fikir qoldirish
Ismingiz: *
Po'chtanigiz mail: *
Kod: Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Kodini kiriting:
wholesale jerseys , cheap hockey jerseys , Michael jordan shoes for sale , new jordan shoes , cheap hockey jerseys , Wholesale Nfl Jerseys Free Shipping , cheap jordan 7 , Cheap NFL nike Jerseys wholesale