Ro'yxatdan o'tish Kirish
Saytdan chiqish
Реклама
Rasmlar Barca.uz
Ispaniya kubogi. «Barselona» yarim finalga chiqdi
26-01-2018, 02:00
Qo'shdi: : Real
Ko'rildi: : 63
Fikirlar: 0
Ispaniya kubogi. «Barselona» yarim finalga chiqdi

Ispaniya kubogi musobaqasining so‘nggi yarim finalchisi nomi aniq bo‘ldi. Javob o‘yini doirasida "Barselona" o‘z maydonida "Espanol"ni qabul qildi. Dastlabki o‘yinda Kike Sanches Flores shogirdlari 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi.

"Kamp Nou"dagi bahsning 9-daqiqasidayoq mezbonlar hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Messi o‘ng qanotdan oldinga o‘tayotgan Vidalga uzatma berdi va Aleish raqib darvozabon maydonchasiga to‘pni etkazdi. Pau Lopes to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Natijada Luis Suares bosh bilan bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol etdi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan — 25-daqiqada "ko‘k-anorranglilar" hisobdagi farqni oshirishdi. Mehmonlar maydon egalarining hujumini to‘xtatgandek bo‘lishgandi, ammo jarima maydonchasi ostonasida Messi "Espanol" himoyachilaridan to‘pni olib qo‘ydi va 18 metrlardan zarba berdi. To‘p rekoshet holatida to‘rga borib tushdi.

Messining o‘zi tanaffusga qadar yana 2 marta ishg‘ol etishi mumkin edi, biroq argentinalik futbolchi yaqin masofalardan zarba berishda biroz xatoga yo‘l qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limni mezbonlar nisbatan ehtiyotkor o‘tkazishdi. Shunga qaramay, uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida "Barsa" 2ta yaqqol golga tortadigan vaziyat yaratdi. "Espanol" darvozabon bir vaziyatning o‘zida Suares va Rakitich tomonidan yaqin masofadan yo‘llangan zarbalarni qaytargan bo‘lsa, keyingi vaziyatda darvoza ustuni uning joniga oro kirdi. Ikkinchi vaziyatda Rakitichning uzatmasidan keyin Paulino bosh bilan zarba yo‘llagandi.

"Barselona" javob o‘yinida o‘ziga kerakli natijani qayd etdi va Ispaniya kubogi yarim finaliga yo‘l oldi. Avvalroq "Sevilya", "Valensiya" va "Leganes" klublari yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgandi.

Ispaniya kubogi, chorak final, javob o‘yini
Barselona – Espanol 2:0 (2:0)
Gollar: 1:0 – 9 Suares, 2:0 – 25 Messi.
Barselona – Sillessen, Umtiti, Pike, Alba, Aleish Vidal (Paulino, 63), Buskets, Serdji Roberto, Rakitich (Andre Gomesh, 90), Inesta (Koutino, 68), Messi, Suares.
Espanol – Lopes, Ermoso, Naldo, Karikol, Lopes Silva, Sanches (Melendo, 86), Darder (Baptistao, 46), Granero (Garsiya, 65), Xavi Fuego, Mark Navarro, Moreno.
Ogohlantirishlar: Suares (8), Ermoso (19), Messi (27), Alba (38), Granero (60), Garsiya (72), Naldo (77), Paulino (82).
Dastlabki o‘yin: 0:1

Manba: Std.uzскачать dle 10.5фильмы бесплатно
Reyting:
  
Siz mehmon bo'lib kiriding iltimos Ro'yhatan o'ting va kirikrlaringizni qoldiring Ro'yhatdan o'tish Saytga kirish.
Fikir qoldirish
Ismingiz: *
Po'chtanigiz mail: *
Kod: Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Kodini kiriting:
wholesale jerseys , cheap hockey jerseys , Michael jordan shoes for sale , new jordan shoes , cheap hockey jerseys , Wholesale Nfl Jerseys Free Shipping , cheap jordan 7 , Cheap NFL nike Jerseys wholesale