Ro'yxatdan o'tish Kirish
Saytdan chiqish
Реклама
Rasmlar Barca.uz
Xosep Mariya Bartomeu: «Katalonlar ovoz berishga haqlilar»
12-10-2017, 15:02
Qo'shdi: : Real
Ko'rildi: : 77
Fikirlar: 0
Xosep Mariya Bartomeu: «Katalonlar ovoz berishga haqlilar»

1 oktyabr kuni Ispaniya­ning avtonom viloyati hisoblangan Kataloniyada referendum o‘tkazildi. Hukumat tan olmagan mazkur referendum natijalariga ko‘ra, provintsiyaning 90 foiz aholisi mustaqil bo‘lish uchun ovoz berdi.

Xuddi o‘sha kuni Kataloniyaning asosiy jamoasi hisoblangan «Barselona» o‘z maydonida «Las-Palmas»­ni qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Mazkur uchrashuvni boshqa muddatga ko‘chirish uchun klub rahbariyati Ispaniya professonal ligasidan iltimos qilgandi. Ammo ularning iltimoslari inobatga olinmadi. Natijada o‘yin muxlislarsiz o‘tkazildi.

Uchrashuvdan so‘ng «Barselona» prezidenti Xosep Mariya Bartomeu matbuot anjumani tashkil qilib, unda quyidagilarni gapirib o‘tdi.

Referendumni qo‘llab-quvvatlash haqida

- Ma’lumki, direktorlar kengashining yig‘ilishi seshanba kuni o‘tkazilishi lozim edi. Ammo mamlakat va klubdagi notinch vaziyat tufayli uni bugun o‘tkazishga qaror qildik.

So‘nggi yillarda referendum borasidagi milliy paktga a’zo bo‘lib keldik. Biz muxlislarimizning erkin ovozga ega bo‘lishlarini istaymiz.

Bo‘sh tribunalardagi o‘yin haqida

- Millionlab insonlarning ovoz berishlari uchun to‘sqinlik qilgan zo‘ravonliklarga guvoh bo‘ldik. Biz qandaydir qaror qabul qilishimiz kerak edi va buni amalga oshirdik.

Muxlislarimizning o‘yinni o‘tkazilmasligini kutishganini yaxshi tushunaman. Lekin La-liga bilan kelisha olmadik. Ular taklifimizni qabul qilishmadi. Bu bizning asosiy istagimiz edi. Biroq uni amalga oshirolmadik.

Natijada «Barselona»dagi barcha mas’ul shaxslar, Ernesto Valverde va Andres Inesta bilan kelishgan holda, o‘yinni bo‘sh stadionda o‘tkazishga qaror qildik.

Bu hammamiz uchun og‘ir kun bo‘ldi. Har tomonlama kuchli bosim ostida qoldik. Albatta, eng yaxshisi, o‘yinni shanba, 30 sentyabr kuni o‘tkazish kerak edi.

Xavfsizlik haqida

- Xavfsizlik borasida o‘yinni qoldirish uchun asos yo‘q edi. Hakamga o‘yin bo‘sh tribunalarda o‘tishini aytdim. Chunki ayrim muxlislarning provakatsion harakatlaridan cho‘chigandik.

Yakshanba kungi voqealarga munosabat

- Mamlakatimizda kuzatilgan voqea­larni nomaqbul desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Katalonlar ovoz berishga haqli edilar. Biz global tashkilot sifatida butun jahon e’tiborini mamlakatimizda bo‘layotgan hodisalarga qaratishga chaqirdik. Politsiya va harbiylar bilan bo‘lgan to‘qnashuvlarda jabr ko‘rganlarni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Pike va terma jamoa haqida

- Pike terma jamoa safida o‘ynashni istadi va murabbiy uni chaqirdi. Unga g‘alaba qozonish va shu g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shish yoqadi. Bundan boshqa aytadigan gapim yo‘q.

Direktorlar kengashi a’zolarining iste’folari haqida

- Karles Vilarrubi va Xordi Moneslarning iste’folarini qabul qildim. Ularni hurmat qilaman va ko‘p yillik mehnatlari uchun minnatdorchilik bildiraman. Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, direktorlar kengashida 2010 yili boshlangan ishni davom ettirish uchun birdamlik, kuch va energiya etarli.

Boshqa chempionatda ishtirok etish haqida

- Agar Kataloniya mustaqillikni qo‘lga kiritsa, klub va uning muxlislari «Barselona»ning qaysi chempionatda o‘ynashini hal qilishadi.

Manba: Std.uzскачать dle 10.5фильмы бесплатно
Reyting:
  
Siz mehmon bo'lib kiriding iltimos Ro'yhatan o'ting va kirikrlaringizni qoldiring Ro'yhatdan o'tish Saytga kirish.
Fikir qoldirish
Ismingiz: *
Po'chtanigiz mail: *
Kod: Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Kodini kiriting:
wholesale jerseys , cheap hockey jerseys , Michael jordan shoes for sale , new jordan shoes , cheap hockey jerseys , Wholesale Nfl Jerseys Free Shipping , cheap jordan 7 , Cheap NFL nike Jerseys wholesale