Ro'yxatdan o'tish Kirish
Saytdan chiqish
Реклама
Rasmlar Barca.uz
«Uch mavsum» sindromi?! «Barselona»ga nima bo‘ldi?
12-01-2017, 01:57
Qo'shdi: : Real
Ko'rildi: : 213
Fikirlar: 0
«Uch mavsum» sindromi?! «Barselona»ga nima bo‘ldi?

2017 yilni “Barselona” bir mag‘lubiyat va durang bilan boshladi. Kataloniyaliklar har qanday tanaffusdan keyin shunday qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazadi, odatda. FIFA kunlari bo‘ladimi yoki qisqa ta’tillar, jamoa o‘z o‘yin ritmiga tushvolishi qiyin kechadi. Bunga avval ham ko‘p guvoh bo‘lganmiz. Ammo bu safargi muammoning ildizi chuqurroq, nazarimda.

Futbolda ma’lum bir uslubning 3 mavsumdan ortiq ustun turishi qiyin masala. Buning turli sabablari bor: asosiy tarkib charchog‘i, jarohatlar, uslubga yangi futbolchilarning qo‘shilib keta olmasligi, raqiblarning jamoa o‘yinini yaxshi tahlil qilib, unga qarshi “qurollanishi” va hokazo. O‘z vaqtida Gvardiolaning uslubi boshqa hamkasblarinikiga qaraganda uzoqroq yashagandi. Ammo undan oldin Lui van Gaal (1997-2000), Frank Raykard (jamoani besh mavsum boshqargan bo‘lsa-da, faqat o‘rtaliq uch mavsumi muvaffaqiyatli kechgandi) kabi murabbiylarning g‘oyasi “Barselona”da uch mavsumdan ortiq yashay olmagandi. Luis Enrike ham ayni damda shu kabi holatga tusha boshladi.

Gvardiola ketgach, kataloniyaliklar holati ma’lum inqiroz ostida qolgandi. Tito Vilanovaga vaziyatni o‘zgartirishga sog‘lig‘i yo‘l bermadi. Tata Martino esa klubga moslasha olmadi. Enrike taklif qilingach, nimanidir o‘zgartirishi kerak edi va u o‘zgartirdi ham. Agar Gvardiola talqinida “futbol – yarim himoyaning ishi” bo‘lgan bo‘lsa, Lucho ko‘proq yulduzli hujum tandemiga – MSN o‘yiniga tayandi. Maydonda boshqa futbolchilarning asosiy vazifasi shu uchlikka imkon qadar erkinlik va qulaylik tug‘dirish bo‘ldi. Maydon markazidan hujumga o‘tish tezligi oshdi, tezkor qarshi hujumlar yo‘lga qo‘yildi. “Yangi qon” kataloniyaliklarni jonlantirib yubordi. Istalgan raqib yana ular oldida “oyoqlari titrab” maydonga tushadigan bo‘ldi. Mana endi, vaqt o‘tishi bilan bu uslub ham yangilanishga ehtiyoj seza boshladi. Bu - tabiiy jarayon. Futbolda hech bir loyiha birxillikda uzoq yashay olmaydi. Maydonda faqat o‘z o‘yiningni ko‘rsatishing kifoya emas, raqibning qarshi choralariga ham qarshi choralar tayyor turishi kerak. Jamoalarda bosh murabbiy asosiy planda tursa ham, uning ortida o‘nlab mutaxassislar tinimsiz izlanadilar. Futbol shunchaki o‘yin emas – u ilmiy, taktik izlanishlar fani. Futbolda faqat ijrochilar o‘yin taqdirini hal qilmaydi. Bu erda ko‘pincha g‘oyalar, uslublar, taktik kurashlar ham hal qiluvchi darajaga ko‘tariladi.

«Uch mavsum» sindromi?! «Barselona»ga nima bo‘ldi?

Lucho dastlabki mavsumda MSNning aqlbovar qilmas jipsligini ta’minlay oldi. Uchta kuchli quroldan bitta kuchli hujum mashinasi yaratdi. Lekin bu bilan jamoaning qolgan qismini (yarim himoya, himoya va darvozabon) foydasiz bo‘g‘inga aylantirib qo‘ydi deb bo‘lmaydi. “Barselona” bor ekan, uning asosiy kuchi yarim himoya bo‘lib qolaveradi. Busiz to‘pni nazorat qilish, o‘yinni boshqarish, maydondagi ustunlikni ushlab turish mumkin emas. Shunchaki, Lucho vaziyat taqozosi bilan jamoani yarim himoya qaramligidan biroz uzoqlashtirdi, xolos. Lekin bu uzoqlashish vaqt o‘tishi bilan sezilarli muammoga aylandi. Xavi yo‘q, Iniestaning yoshi o‘tib, jarohatlari ko‘payib borishi, Rakitichda pasayish, Busketsning bir o‘zi maydon markazida yolg‘izlanib qolishi...

Luis Enrike bu holatni o‘tgan mavsumdayoq payqadi. Yozgi transferlarda asosiy urg‘uni yarim himoyani barqarorlashtirishga qaratdi. Gomesh, Denis Suares xarid qilindi. Messi o‘ng qanot hujumidan ko‘proq maydon markaziga “tortildi”. Shular orqali muammoga echim qidirildi. Ammo bu urinishlar tugal echim bo‘la olmayapti. MSN uchligidan birortasining o‘yinida pasayish kuzatilsa, jamoa o‘yiniga ta’sir o‘tkazadigan bo‘ldi. Messining ko‘pincha ortga qaytib o‘ynashi uchlikda uzilishlar hosil qildi. Raqib ham buni yaxshi o‘zlashtirib, yuqori pressingni “antibarsa quroli”ga aylantirib oldi. Albatta, yuqori pressing katta jismoniy kuch talab qiladi, buni hamma ham eplay olmaydi. Ammo natijaga erishish uchun qulay chora bu. “Barselona”da o‘yinni yarim himoya to‘liq nazorat qila olmayotgan ekan, yuqori pressing yordamida MSNni jamoadan uzib qo‘yish mumkin. Kubok bahsida “Atletik” buni yana bir marta ko‘rsatib berdi. Endi boshqa jamoalar ham shu yo‘l orqali qarshilik qilishga urinmoqda.

«Uch mavsum» sindromi?! «Barselona»ga nima bo‘ldi?

Izoh: Aynan shu holatda "Atletik" futbolchilari yuqori pressing qo‘llab, Iniestaning Messiga oshirgan pasini uzib qo‘yadilar va tezkor qarshi hujum orqali gol uradilar.

Messining markazga yaqin o‘ynashi Serxi Roberto uchun o‘ng qanotda faollik talab qiladi. Ammo u o‘z vaqtida Dani Alvesh harakat qilgani kabi kombinatsion samara ko‘rsata olmayapti. “Barsa” majburan qanot hujumlarini ko‘proq chapdan uyushtirishga majbur bo‘lmoqda. Bu esa hujum variantlarini kamaytirishi bilan birga, chap qanot himoyasida bo‘shliq yuzaga kelishiga sabab bo‘lyapti. Raqib o‘z tezkor qarshi hujumlarida asosan shu zonadagi bo‘shliqdan unumli foydalanyapti.

«Uch mavsum» sindromi?! «Barselona»ga nima bo‘ldi?

Izoh: "Atletik" kataloniyaliklarning qanot himoyasidagi bo‘shlig‘idan unumli foydalandi. Uch kun o‘tib, "Vilyarreal" ham xuddi shu tarzda "Barsa" darvozasini ishg‘ol qildi.

Enrike oldida muammodan chiqib ketishning ikkita yo‘li bor – tezroq yarim himoyada barqarorlikni ta’minlash yoki MSNni yana mukammal formaga kiritish. Hozircha Neymar qanchalik faol bo‘lmasin, sermahsullikka erisha olmayapti (golsiz o‘yinlari seriyasi 10tadan oshdi). Suaresda charchoq alomatlari bor. Messiga biroz erkinlik va ko‘mak zarur. Oxirgi vaqtlarda Messiga juda katta hajmdagi vazifa yuklanib qolyapti. Ham hujumni tashkil qilish, ham raqib himoyasini yorib o‘tish, ham gol urish. Yarim himoyaning barqaror emasligi shu yuklamaning ortib borishiga sabab bo‘lyapti. “Barsa”da yarim himoyachilarning gol urishi susayib ketayotgani ham muammoning belgisi. Maydon markazi kuchaysa, jamoaning istalgan futbolchisi gol urish imkoniga ega bo‘ladi. Zidanning “Real”iga qarang: frantsiyalik mutaxassis aynan yarim himoya chizig‘ini tartibga solish orqali madridliklarni shu bugungi darajasiga chiqardi. Shuning uchun jamoa yo‘qotishlarni sezdirmayapti. Gol kiritish ham faqat hujumchilar chekida qolgani yo‘q.

“Barselona”da esa hozircha na Iniesta, na Rakitich, na Denis yoki Gomesh o‘z gollari bilan jamoasiga aytarli yordam bera olgani yo‘q. Arda va Rafinya esa asosan qanot hujumlarida o‘ynagan paytda gollar kiritishyapti, yarim himoyada harakatlanishganida emas.

Katta o‘yinlarda kichik detallar masalani hal qiladi. Tizim barqaror ishlamasa, alohida ijrochilar qanchalik mahoratli bo‘lmasin, har doim ham jamoani qutqarib qola olmaydi. Enrikening ayni damdagi vazifasi shunday murakkab. Agar u buni tuzata olmasa, Van Gaal va Raykard taqdiri davomchisiga aylanadi. Axir u ham o‘zining uchinchi mavsumini o‘tkazmoqda...

Lutfullo Tursunov

Manba: Std.uzскачать dle 10.5фильмы бесплатно
Reyting:
  
Siz mehmon bo'lib kiriding iltimos Ro'yhatan o'ting va kirikrlaringizni qoldiring Ro'yhatdan o'tish Saytga kirish.
Fikir qoldirish
Ismingiz: *
Po'chtanigiz mail: *
Kod: Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Kodini kiriting:
wholesale jerseys , cheap hockey jerseys , Michael jordan shoes for sale , new jordan shoes , cheap hockey jerseys , Wholesale Nfl Jerseys Free Shipping , cheap jordan 7 , Cheap NFL nike Jerseys wholesale