Ro'yxatdan o'tish Kirish
Saytdan chiqish
Реклама
Rasmlar Barca.uz
?Barcelona? ning tarkibi qancha summaga yig?ilgan?
18-11-2015, 23:46
Qo'shdi: : Barca
Ko'rildi: :
Fikirlar: 1

Kataloniyaning «Barselona» klubi o‘z tarbiyalanuvchilari bilan mashhur bo‘lib ulgurdi. Klubning bugungi tarkibida 9 nafar «La Masiya» tarbiyalanuvchisi borligi ham «Barsa» akademiyasi qanchalik kuchli ekanligidan dalolatdir. Shunga qaramay Kataloniyaliklar o‘z tarkiblariga bir qator yulduz futbolchilarini yirik transferlar orqali jalb qilishgan. Biz jamoaning tarkibi qanchaga tuzilganligini hisoblab chiqdik. 


Darvozabonlar (2 ta) – 24 mln.yevro (o‘rtacha 12 mln) 
«Barselona» 2014-yilning yozida bir yo‘la ikki nafar darvozabonni o‘z safiga qo‘shdi.  Dastlab «Borussiya M»dan ter Shtegenni, so‘ngra «Real Sosyedad»dan Klaudio Bravoni 12 mln.yevrodan sotib oldi. 

Himoyachilar (9 ta) – 144 mln.yevro (o‘rtacha 16 mln) 
«Ko‘k anorranglilar» hozirgi tarkibdan o‘rin olgan 9 nafar himoyachini boshqa klublardan sotib olgan. Eng qimmat himoyachi Daniyel Alvesdir. «Barsa» braziliyalik himoyachi uchun 2008-yili «Sevilya»ga 35,5 mln.yevro to‘lagan edi. Klub 2010-yilda Xavyer Maskerano, 2014-yilda Jeremi Matyo uchun 20 mln.yevrodan voz kechgan. “Arsenal”dan xarid qilingan Tomas Verm alen 19 mln.yevro, “Sevilya”dan kelgan Aleks Vidal 17 mln.yevro, “Valensiya”dan Xordi Alba 14 mln.yevro evaziga Kataloniyaliklar a'zosiga aylanishgan. Shuningdek “Barsa” 2010-yili Adrianoni 9,5 mln.yevro, 2008-yili Pikeni 5 mln.yevro va 2014-yili Duglasni 4 mln.yevro evaziga sotib olgan. 

Yarim himoyachilar (2 ta) – 52 mln.yevro (o‘rtacha 26 mln.) 
Qiziqarli fakt: «Barselona» yarim himoyachilarining faqatgina ikkitasi klub akademiyasidan emas. 2014-yilda jamoa «Sevilya»dan 18 mln.yevro evaziga Ivan Rakitichni sotib olgan bo‘lsa, ushbu yilning yozida “Atletiko”dan Arda Turanni 34 mln.yevro evaziga qo‘lga kiritdi. Qolgan yarim himoyachilar la Masiya tarbiyalanuvchilaridir. 

Hujumchilar (2 ta) – 167,2 mln.yevro (o‘rtacha 83,6 mln.) 
«Barselona» 2 nafar hujumchini qo‘lga kiritish uchun 167,2 mln.yevro sarflagan. 2013-yilda Neymar uchun 86,2 mln.yevro to‘landi. Ushbu transfer katta mojarolarga aylanib ketganidan xabaringiz bor albatta. 2014-yilning yozida esa Kataloniyaliklar «Liverpul»ga Suares uchun 81 mln.yevro to‘lashdi. 

Umumiy (15 ta) – 387,2 mln.yevro (o‘rtacha 25,8 mln.) 
«Barselona» hozirgi tarkibidan joy olgan 15 nafar futbolchini boshqa klublardan sotib olgan. Klub ular uchun 387,2 mln.yevro sarflagan. Bu Kataloniyaliklarga har bir transfer o‘rtacha 25,8 mln.dan tushganini bildiradi. Mazkur ko‘rsatkich «Barsa» o‘z safida ko‘rishni xohlagan futbolchilar uchun mablag‘ni ayab o‘tirmasligidan dalolatdir. 

Yusupov Furqat maqolasi

скачать dle 10.5фильмы бесплатно
  
Siz mehmon bo'lib kiriding iltimos Ro'yhatan o'ting va kirikrlaringizni qoldiring Ro'yhatdan o'tish Saytga kirish.
Fikirlar (1)
bliherbal 27 ноября 2017 06:41
I found useful information on this topic as I am implementing an enterprise project. Many thanks posting relative information and it's currently becoming easier to finish this project obat herbal miom

We're presently focusing on a great assignment and I have been exploring your website for a few hours. Appreciate your it proved worthwhile for me. obat herbal ginjal bocor

I probably appreciating each of the idea. will be an incredible and decent impart. I must much obliged. Great employment! You all an incredible website, and have some extraordinary substance. obat herbal gagal ginjal kronis
Цитировать          1
Fikir qoldirish
Ismingiz: *
Po'chtanigiz mail: *
Kod: Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Kodini kiriting:
wholesale jerseys , cheap hockey jerseys , Michael jordan shoes for sale , new jordan shoes , cheap hockey jerseys , Wholesale Nfl Jerseys Free Shipping , cheap jordan 7 , Cheap NFL nike Jerseys wholesale